
Superliga 25-turida "Paxtakor" safarda "Bunyodkor"ga imkoniyatini boy berdi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Shota Arveladze matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bayon etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- O‘yin yaxshi o‘tdi deya olaman. Chiroyli hujumlar, gollarga guvoh bo‘ldik. "Bunyodkor" Chempionlar Ligasi uchun kurash olib bormoqda va ularda katta ishtiyoq bor. Biz esa klub obro‘si va muxlislar uchun o‘ynayapmiz. Birinchi bo‘limda raqib yarim himoyasini yo‘qotdik va bu gollarga sabab bo‘ldi. Keyin o‘yinga qaytdik va uchinchi to‘pni ham kiritishga intildik, ammo o‘zimiz gol o‘tkazib yubordik. Jamoamni chiroyli seriya bilan, raqibni esa g‘alaba bilan tabriklayman. Bu jamoani milliy terma jamoa bosh murabbiyi boshqarmoqda.
Terma jamoa futbolchilari fevraldan beri dam olishmagan. Baribir ozgina charchoq alomatlari bilinadi, bu tabiiy hol, - dedi Arveladze. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar