17:23 / 28.11.2019
2 955

Ro‘ziqul Berdiyev "Nasaf"ning eng asosiy kamchiligi, "Paxtakor", chempionatdagi raqobat va Ulug‘bek Baqoyev haqida

Ro‘ziqul Berdiyev "Nasaf"ning eng asosiy kamchiligi, "Paxtakor", chempionatdagi raqobat va Ulug‘bek Baqoyev haqida
Superliga 25-tur “So‘g‘diyona” – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Bellashuv kurshlarga boy bo‘ldi. "So‘g‘diyona" jamoasi natija uchun harakat qildi. Ular asosan uzun uzatmalarga asoslanishdi. Yigitlarimiz esa raqibning uzatmalariga birinchi bo‘lib yetib kelishga erishishdi. Lekin hisobda oldinga borayotgan bo‘lsak-da, raqibimiz ikkita vaziyatdan birini golga aylantirdi. Yana bir imkoniyatdan foydalana bilmadi. Mana shu vaziyatlarda e’tiborni yo‘qotdik. O‘ylashimcha, bellashuv durangga mos bo‘ldi. Lekin ikkala jamoadan biri g‘alabani ilib ketishi ham mumkin edi. Chunki ikkinchi taym boshida bizda ham yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi.

Umuman o‘yinlarda hujumdagi vaziyatlardan foydalanishda oqsayabmiz. Buni bugun o‘yinda ham “Paxtakor” bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham guvohi bo‘ldinglar. Bu esa bugun bizning eng katta muammoimiz bo‘ldi. Biz qarshi hujumlarda bundan ham keskin harakat qilishimiz kerak edi. “So‘g‘diyona” jamoasi ko‘proq hujumga e’tibor berib o‘ynadi. Qarshi hujumda bo‘sh zonalar qoldirgan edi. Hujumchilarmiz esa bu imkoniyatlardan unumli foydalanishmadi.

Jamoaga Ulug‘bek Baqoyev kelgandan so‘ng jamoaning xarakteri ancha o‘sdi. Buni jamoa o‘ynlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Ulug‘bek Baqoyevni o‘zini ham yaxshi bilaman. Jamoaga xarakter bera oladigan murabbiy. Bu esa jamoani ruhiy tayyorlashda ancha foyda berdi. Baqoyev jamoaga kelgandan so‘ng “So‘g‘diyona” jamoasi jonlandi desak bo‘ladi. Jizzax jamoasi har bir o‘yinda kurashayapti. Jamoa chiroyli, mazmunli o‘yin ko‘rsatmayotgandir, ammo eng muhimi natija uchun harakat qilishini e’tiborga olsak jamoa ancha shakllandi.

Maydon sifati haqida gapiradigan bo‘lsak, yaxshi maydonlar bo‘lishi shart. Ko‘p joylarda guvohi bo‘layapmiz maydonlar talab darajasida emas. Lekin o‘yinlar darajasi o‘sganligini nimaga qarab aytsa bo‘ladi? Chempionat kutilmagan natijalarga boy bo‘ldi. Mayli, “Paxtakor” jamoasi hammadan ilgarilab ketdi. Buni tushunsa bo‘ladi. Ular har taraflama kuchli. Mana oxirgi turgacha uchinchi o‘rin uchun kurash davom etmoqda. Mana hozirgacha elitani kim tark etishi noma’lum. Bularning hammasi oxirgi turga kelib hal bo‘lishi hali kuzatilmagan edi, - dedi Berdiyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev "Nasaf"ning eng asosiy kamchiligi, "Paxtakor", chempionatdagi raqobat va Ulug‘bek Baqoyev haqida