
Foto: AFP/Getty Images
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2020-yilgi Chempionlar Ligasida ishtirok etishi mumkin boʻlgan klublar roʻyxatini eʼlon qildi.
Unda “Soʻgʻdiyona” klubining nomi ham bor, deb xabar beradi “Futbolium” telegram kanali. Avvalroq jizzaxliklar litsenziyalashdan oʻtolmagani sababli, Chempionlar Ligasida ishtirok etolmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bundan kelib chiqadiki, PFL “Soʻgʻdiyona”ga nisbatan sanksiya qoʻllagan boʻlsa-da, baribir litsenziya bergan.
Demak, Superliganing soʻnggi turidan oʻrin olgan va 30-noyabr kuni oʻtkaziladigan “Bunyodkor” - “Soʻgʻdiyona” oʻyinida nafaqat uchinchi oʻrin sohibi, balki Chempionlar Ligasi ishtirokchisi ham aniqlanadi.
Oʻzbekiston klublari Chempionlar Ligasi saralash oʻyinlarini yanvar oyida boshlaydilar.
21-yanvar
“Lokomotiv” - “Istiqlol” (Tojikiston)
“Bunyodkor” / “Soʻgʻdiyona” - Az-Zavra (Iroq)
Agar klublarimiz bu bosqichdan oʻtsa, 28-yanvar kuni safarda toʻp tepishadi.
28-yanvar
Al-Ahliy (Saudiya Arabistoni) – “Lokomotiv”
Al-Ayn (BAA) – “Bunyodkor” / “Soʻgʻdiyona”
Eslatib oʻtamiz, saralash bosqichi faqat 1ta oʻyindan iborat boʻladi. Toshkentning “Paxtakor” klubi Chempionlar Ligasidagi ishtirokini guruh bosqichidan boshlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar