22:58 / 29.11.2019
3 039

"Bu sotqinlik". Luis Enrike qizi o‘limidan so‘ng uning o‘rnini egallab, jamoada qolishni istab qolgan Moreno haqida gapirdi

"Bu sotqinlik". Luis Enrike qizi o‘limidan so‘ng uning o‘rnini egallab, jamoada qolishni istab qolgan Moreno haqida gapirdi
JCh-2018dan so‘ng Luis Enrike Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi, ammo qizida aniqlangan rak va uning vafotidan so‘ng murabbiy iste’foga chiqdi.

2019 yilning mart oyida Enrike o‘rnini uning yordamchisi Robert Moreno egalladi. U Ispaniyani Yevroga olib chiqdi, ammo Ruminiyaga qarshi bahsdan so‘ng ketdi, Enrike terma jamoaga qaytdi.

Yozishlaricha, Moreno iste’foni juda og‘ir qabul qilibdi: Futbolchilarga ishdan bo‘shagani haqida aytib, yig‘ladi va Ruminiyaga qarshi bahsdan so‘ng matbuot-anjumanida ishtirok etmadi. U bosh murabbiy sifatida Yevroga borishni judayam istagan edi. Shu sababli Enrike bilan janjallashib qoldi.

Luis Enrike chorshanba kuni matbuot-anjumanida ushbu voqea bo‘yicha o‘z talqinini aytib berdi. Ushbu anjumandagi asosiy so‘zlarni e’tiboringizga havola qilamiz:

- Enrike terma jamoadan ketganidan so‘ng Moreno bilan faqat bir marta - 12 sentyabrda uchrashdi. Ular 20-30 daqiqa suhbatlashishdi va Moreno Enrikega Yevro-2020da asosiy murabbiy bo‘lib ishlashni xohlayotganini, Luis shtabiga esa turnirdan so‘ng qaytmoqchiligini ma’lum qildi.

"Bundan hayron bo‘lmadim, chunki u qanday ishlayotganini ko‘rdim. Biroq bu men uchun sotqinlik, men bunday qilmagan bo‘lardim. Mening shtabimda bunday fe’l-atvorga ega inson bo‘lishini istamayman. Shuhratga intilish yaxshi, ammo bu xaddan tashqari ko‘payib ketishi - katta kamchilik. Aynan shu sabab quyidagi qarorni qabul qildim: Uni boshqa yordamchim sifatida ko‘rmoqchi emasman. Uchrashuvni yaxshi kayfiyatda yakunladik. Keyin o‘z shtabimdagilarga qo‘ng‘iroq qilib, ularning fikri bilan qiziqdim" - deydi Luis Enrike.

- Enrikening aytishicha, Morenoning iste’fosida Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales va sport direktor Xose Molina ishtirok etgani yo‘q. "Robert Moreno bu yerda yo‘qligiga yagona javobgar inson - faqat men".

- Morenoning ishiga e’tiroz yo‘q, Ispaniya terma jamoasi saralashni juda yaxshi yakunladi. "Professionallik jihatidan Morenoni tanqid qila olmayman, u yaxshi murabbiy. Uning niyatlari o‘zgarguniga qadar Robertga shubha qilmaganman. To‘g‘ri, bu vaziyatda yaxshi ish qilmayapman, ammo yomon ish sodir bo‘ldi deb ham bo‘lmaydi. Keling, ahlat titmay qo‘ya qolaylik".

- Enrike qadr-qimmat haqida ham gapirdi: "Kimdir aziyat chekishidan quvonmayman, ammo hech narsadan afsuslanmayman. Bu ish uchun qisman javobgarman. Qadr-qimmat haqida hech kimga dars o‘tish niyatim yo‘q, biroq bizning ishimizda bu juda muhim, chunki biz kelajak avlod uchun namunamiz.

Hayotiy vaziyatlar inson fe’l-atvorini, uning haqiqiy yuzini ko‘rsatib beradi. Ular kimga ishonish mumkin, kimga esa yo‘qligini namoyish etdi. Endi shunga qarab ish qilaman".

- Enrike Moreno haqida juda ko‘p gapirganidan xatto Yevro-2020 uchun murabbiylar shtabi haqida gapirayotib Robertni o‘zining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi sifatida e’lon qilib yubordi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bu sotqinlik". Luis Enrike qizi o‘limidan so‘ng uning o‘rnini egallab, jamoada qolishni istab qolgan Moreno haqida gapirdi