date
views 2 976

Yemelyanenko uzoq kutilgan jangda raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

Yemelyanenko uzoq kutilgan jangda raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi
Foto: «Chempionat»
Rossiyaning «Ren-TV» kanali kamari uchun MMA jangchisi Aleksandr Yemelyanenko 29 noyabr, juma oqshomida strongmen Mixail Koklyayevga qarshi ringga chiqdi.

Boks qoidalari bo‘yicha tashkil etilgan jang atigi bir raund davom etdi. Raund tugashiga 20 soniya qolganida Yemelyanenkoning ketma-ket zarbasidan so‘ng Koklyayev nokaut holatiga tushdi. Hakam esa bellashuvni to‘xtadi.

Shu tariqa katta shov-shuv ko‘tarilgan jangda hech qanday sensatsiya ro‘y bermadi. Koklyayev jangdan so‘ng Yemelyanenko bilan revansh jangini MMA qoidlari bo‘yicha o‘tkazishni taklif qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yemelyanenko uzoq kutilgan jangda raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi