13:27 / 01.12.2019
2 562

Vazifa bajarilmadi, "Dinamo" Superligadan tushib ketdi. Tachmurod Agamurodov bunga nima deydi?

Vazifa bajarilmadi, "Dinamo" Superligadan tushib ketdi. Tachmurod Agamurodov bunga nima deydi?
“Nasaf” – “Dinamo” (1:2) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov jurnalistlar savollariga javob berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Bugun tomoshabinlarga yoqadigan shiddatli o‘yin guvohi bo‘ldik. Yigitlarga rahmat, futbolchilarimiz maydonda bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishdi. Biz o‘z vazifamizni juda yaxshi tushunib turgandik va jamoa ko‘rsatmalarni aniq bajarib, kerakli natijaga erishdi. Qarshidagi bahs biz uchun chempionatdagi eng javobgarligi katta o‘yin edi. Shogirdlarim muhim bahsda o‘zlarini ko‘rsata olishdi. Futbolchilarimizdan minnatdorman. Afsuski, barchasi alamli tugadi.

To‘g‘ri, hozirda nega avvalroq uyg‘onishmadi, oldinroq yaxshi o‘yin ko‘rsatish kerak edi, qabilidagi gaplar yangrashi mumkin. Ammo, futbol shunisi bilan ham qiziqki, aksariyat futbolchilar uchun faoliyatidagi eng muhim bahs qachon bo‘lishini hech kim bilmaydi. Biz uchun bu chempionatdagi eng muhim o‘yinga aylangandi. Afsuski, futbolchilarimiz kuchli klub ustidan haqqoniy kurashlar ostida kechgan bahsda haqli g‘alabaga erishishgandi, - dedi murabbiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vazifa bajarilmadi, "Dinamo" Superligadan tushib ketdi. Tachmurod Agamurodov bunga nima deydi?