15:11 / 01.12.2019
2 740

Superliga-2019 yakunlandi. «Andijon»da g‘alaba, «vodiy derbisi»da kuchlar teng keldi

Superliga-2019 yakunlandi. «Andijon»da g‘alaba, «vodiy derbisi»da kuchlar teng keldi
Superliga yakuniy 26-turi doirasida kecha vodiyda quyuq tuman tufayli qoldirilgan ikki uchrashuv bilan O‘zbekiston milliy chempionat bahslariga yakun yasaldi.

“Andijon” – “Qizilqum” uchrashuvi 52-daqiqadan boshlab davom ettirildi. O‘yinning 75-daqiqasida Abdulloh Olimov tomonidan kiritilgan gol Aleksandr Xomyakov jamoasiga g‘alaba keltirdi va vodiy klubi 28 ochko bilan mavsumni 10-o‘rinda yakunladi.

Qo‘qondagi bahs esa ikkinchi bo‘limdan davom ettirildi. O‘yin yakunigacha ikki jamoa ham g‘alabani ilib ketish ilinjida to‘p surgan bo‘lsa-da, yakunda “vodiy derbisi” murosa yo‘li bilan tugadi. Natijada “Navbahor” mavsumni 9-o‘rinda, “Qo‘qon-1912” esa 11-o‘rinda yakunladi.

Superliga-2019 yakunlariga ko‘ra, “Dinamo” jamoasi “Buxoro” va “Qizilqum” bilan bir xil ochko to‘plab, gollar nisbatiga ko‘ra Navoiy jamoasidan yaxshiroq natija qayd etgan bo‘lsa-da, reglamentga binoan, o‘zaro o‘yinlardagi hisob bo‘yicha 14-o‘ringa tushib, Superligani tark etadi.

Superliga. 26-tur
“Qo‘qon-1912” – “Navbahor” – 1:1
Gollar:
Suhrob Berdiyev (18) - Aziz Turg‘unboyev (20).
“Qo‘qon-1912”: Muzaffar Abdullayev, Jamshid Hasanov (Hamidullo Abduhamidov, 89), Quvondiq Ro‘ziyev (Hojimat Erkinov, 46), Oybek Rustamov, Jahongir Ahmadov, Suhrob Berdiyev, Iqbol Malikjonov, Shahboz Erkinov (Otabek Haydarov, 46), Aleksandr Merzlyakov, Jasur Yoqubov, Murod Xolmuhammedov.
“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Shahzod Shaymanov (Komil Tojiddinov, 46), Ivan Solovev (Sherzod Hakimov, 79), Aziz Turg‘unboyev, Aleksandr Kasyan (Ayubxon No‘’monov, 63), Obid Jo‘raboyev, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, G‘iyos Komilov, Abbos G‘ulomov, Amirbek Jo‘raboyev.
Chetlatish: Amirbek Jo‘raboyev (68, “Navbahor”)

“Andijon” - “Qizilqum” - 1:0
Gol:
Abdulloh Olimov 75.
“Andijon”: Akmal Ortiqov, Bobur Akbarov, Ildar Mamatkazin, Xushnud Avilov, Farhod Mirahmatov, Farhod Bekmuratov, Dilshod Rahmatullayev (Abdulloh Olimov, 52), Qahramon Bahodirov, Abdurahmon Abdulhaqov (Sardor Azimov, 69), Ro‘zimboy Ahmedov, Shahzodbek Ubaydullayev.
“Qizilqum”: Artyom Makosin, Akmal Rustamov, Alisher Sanoyev, Fayzulla Qambarov, Stiven Lustitsa (Sunnatilla Abdullajonov, 69), Muhsin Ubaydullayev, Azizbek Usmonov, Ruslan Margiyev, Vohid Shodiyev, Mate Vatsadze, Doston Ibragimov.+

Superliga-2019 yakuniy turnir jadvali:

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga-2019 yakunlandi. «Andijon»da g‘alaba, «vodiy derbisi»da kuchlar teng keldi