Bugun, 4 dekabr kuni 63 yillik tarixga ega Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida soʻnggi rasmiy uchrashuv oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston liga kubogi finali doirasida AGMK - “Paxtakor” jamoalari nufuzi boʻyicha uchinchi turnir sanalmish liga kubogi uchun kurash olib borishadi. Mazkur oʻyin soat 16:00 da “Paxtakor” markaziy stadionida boshlanadi. Bir otaliq homiyga ega ushbu klublar oʻrtasidagi final bahsini tomosha qilish uchun martabali mehmon – rossiyalik milliarder, Xalqaro Qilichbozlik Federatsiyasi prezidenti Alisher Usmonov tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Ushbu tashrif davomida “Paxtakor” stadioni oʻrniga quriladigan yangi stadion loyihasi tasdiqlanishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 3-dekabr kuni Alisher Usmonov Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining har yil oʻtkaziluvchi kongressida Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax tomonidan Olimpiya qadriyatlarini doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlashi va ommalashtirishi uchun mukofotlagandi. Maʼlumotlarga koʻra, asli oʻzbekistonlik milliarder 3-dekabr kuni Yevropadan Toshkentga kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi"