O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga murabbiylik sohasida o‘z mahoratini oshirib kelayotgan yaqin o‘tmishning yetuk futbolchilaridan biri – Temur Kapadze ustozlik qiladi, deya xabar bermoqda O‘FA rasmiy sayti.
«Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 terma jamoasini kelasi yilning 14–31 oktyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorlaydi. Yoshlarimizning ushbu chempionatgacha bo‘lgan tayyorgarlik rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra U-19 termasi tayyorgarlik jarayoni sanasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlari doirasidagi taqvimi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli, Temur Kapadze milliy jamoada ham bosh murabbiy yordamchisi sifatidagi faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi» - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonida o‘tgan turnirdagi noxush holat videotafsilotlari O‘FAga kelib tushgach Ijroqo‘m O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev rahbarligidagi murabbiylar shtabini «noprofessionallik» qilgani uchun egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror chiqargan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi