
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasining APL 16-turi doirasida “Manchester Yunayted”ga (1:2) qarshi uchrashuvidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ha, biz yutqazdik, ammo jamoamni tabriklamoqchiman. Futbolchilarim fantastik o‘yin ko‘rsatishdi, biz fantastik jamoa.
Raqib juda tezkor o‘yin ko‘rsatdi, ayniqsa, to‘pni yo‘qotganimizdan keyin juda qiynaldik. “Manchester Siti” so‘nggi soniyalargacha natija uchun kurashdi.
Chempionlik poygasi haqida gapiradigan bo‘lsam, biz oldinga intilishda davom etamiz. Oldinda bizni xursand qiladigan ko‘plab jihatlar bor. Vaziyat og‘ir: chunki raqib 16 ta uchrashuvning 15 tasida g‘alaba qozongan.
Men jamoamdagi futbolchilar bilan birga ishlayotganimdan xursandman. Biz harakat qildik. Afsuski, javob golini juda kech kiritdik va natijani o‘zgartirishga ulgurmadik”, deydi Gvardiola. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar