2019 yilgi Osiyo Kubogida Bahrayn terma jamoasi 1/8 finalda qo‘shimcha taymlarda Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘lib musobaqa bilan xayrlashgan edi.
Shundan keyin Bahrayn futbol assotsiatsiyasi chexiyalik Miroslav Soukupga javob bergan hamda uning o‘rniga boshqa murabbiy izlashni boshlagandi.
Shu yilning mart oyida deyarli hech kim tanimaydigan portugaliyalik Elio Souza Bahrayn bosh murabbiyi etib tayinlandi. Futbolchilik faoliyatini faqat "Vitoriya Setubal" klubida o‘tkazgan yarim himoyachi 2005 yil 36 yoshida o‘zining qadrdon klubiga bosh murabbiy bo‘lgandi. 2006 yilda Souza boshchiligidagi "Vitoriya Setubal" Portugaliya Kubogi finaliga qadar yetib bordi va "Benfika"ga yutqazib qo‘ydi. 2007 yilda uning "Vitoriya"dagi faoliyati yakuniga yetdi va quyi divizionda ishtirok etuvchi "Kovilya" klubi uning yangi ish joyiga aylandi. Bu yerda bir mavsum ishlagan murabbiyga Portugaliya o‘smirlar terma jamoasini ishonib topshirishdi.
2010-2019 yillar oralig‘ida u Portugaliyaning turli yoshdagi terma jamoalarida ishladi. 2016 yilda U-17, 2018 yilda U-19 Yevropa chempionatlarida Portugaliyani chempionlikka olib keldi.
Keyin esa yuqorida yozganimizdek Souza 2019 yilning mart oyida Bahrayn terma jamoasini qabul qilib oldi va hammasi boshlandi...
Dastlab avgust oyida Iroqda o‘tgan G‘arbiy Osiyo chempionatida Bahrayn o‘z tarixida ilk bor chempionga aylandi. Chempionlik yo‘lida xatto mezbon Iroq ham taslim etildi.
Oktyabr oyida Bahrayn JCh-2022 saralashi doirasida Eron terma jamoasini mag‘lub etdi va Eronning Jahon chempionati saralashlaridagi 23 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berdi. Ayni paytda Bahrayn o‘z saralash guruhida 9 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Iroq 11 ochko bilan peshqadam va Eron hisobida 6 ochko mavjud.
Kecha, 8 dekabr kuni Qatar poytaxti Doxa shahrida 1970 yilda tashkil etilgan, hisob bo‘yicha 24-Fors Ko‘rfazi kubogi o‘z nihoyasiga yetdi. Finalda Bahrayn Saudiya Arabistonini 1:0 hisobida mag‘lub etdi va o‘z tarixida ilk bor ushbu musobaqada chempionga aylandi! Fors Ko‘rfazi tashkil etilganidan buyon barcha 23 ta musobaqada ishtirok etgan Bahraynning eng maksimal natijasi kumush medal edi. Umuman olganda Fors Ko‘rfazi kubogida ishtirok etadigan 8ta mamlakatdan faqat ikkitasi Bahrayn va Yaman bu musobaqada chempion bo‘lmagan edi. Elio Souza bilan birga bahraynliklar deyarli 50 yil kutishgan g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Elio Souza 1969 yil Portugaliyaning Setubal shahrida tavallud topgan. Bugungi kunda "Tottenxem"da ishlayotgan Joze Mourinyu ham aynan shu yerda tug‘ilganini ko‘pchilik bilsa kerak. Balki Souza Bahrayn uchun "Yangi Mourinyu"ga aylanar, balki aylanib bo‘lgandir...
Narzulla Saydullayev
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...