Foto: EPA
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ijroiya qo‘mitasi Rossiyani to‘rt yilga yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, bularga - Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlari kiradi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi davlat xizmatchilarining xalqaro sport tadbirlariga borishi taqiqlandi.
Xabarda aytilishicha, WADA Rossiya davlat xizmatlari va Rossiya olimpiya qo‘mitasi hamda Rossiya paralimpiya qo‘mitasi rahbariyatiga shunday taqiq joriy etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik sportchilar 4 yilga yirik xalqaro musobaqalardan chetlatilishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Bunga Rossiya tomonidan navbatdagi doping qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilishi sabab bo‘ldi. Gap Moskva aksildoping laboratoriyasi ma’lumotlari soxtalashtirilishi haqida bormoqda.
Rossiyalik sportchilar Tokiodagi 2020 yilgi Olimpiadada ishtirok etishga qo‘yiladi, biroq 2018 yil Pyongchangda bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiadadagi kabi neytral maqomda ishtirok etadilar. Rossiya bayrog‘i taqiq ostida bo‘ladi, g‘olib bo‘lgan sportchilar sharafiga Rossiya madhiyasi yangramaydi.
Bunday choralar nafaqat Olimpiya o‘yinlari, balki Paralimpiya o‘yinlari, o‘smirlar Olimpiadasi, jahon chempionatlariga ham taalluqli bo‘ladi. Bu musobaqalarning rasmiy tadbirlarida Rossiyaning rasmiy shaxslari ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, rossiyaliklar turli qo‘mitalar va kengashlar tarkibiga kirishiga ruxsat berilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...