date

Mirjalol Qosimov: Ertangi o‘yinga qo‘shimcha rejamiz ham bor

Mirjalol Qosimov: Ertangi o‘yinga qo‘shimcha rejamiz ham bor

Janubiy Koreya - O‘zbekiston uchrashuvi oldidan Melburndagi "Melbourne Rectangular Stadium"da ikki murabbiy o‘rtasida matbuot anjumani boshlandi.

Dastlab, savollarga O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov javob qaytaradi.

Ayni paytda musobaqa tashkilotchilari stadionga maxsus sovg‘alarni topshirishmoqda. Osiyo kubgi haqida fikrlar bayon qilinmoqda.

Matbuot anjumaniga terma jamoamiz bosh murabbiyi hujumchi Bahodir Nasimov bilan tashrif buyurdi. Dastlab, Mirjalol Qosimov ertangi o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mirjalol Qosimov: Ertaga bizni juda muhim o‘yin kutmoqda. Guruh bahslari ortda qoldi. Endi xato qilishga haqqimiz yo‘q. Guruh bosqichda xatolarni to‘g‘irlash mumkin, pley-offda buni iloji yo‘q.

Raqiblarimiz yanada saralanib bormoqda. Janubiy Koreya qanday jamoa ekanligini yaxshi bilamiz. Ammo dunyoda yutib bo‘lmas termaning o‘zi yo‘q. Ertangi o‘yinda biz o‘zimizni mezbondek his qilyapmiz. Chunki bungacha uchta o‘yinni boshqa shaharlarda mehmon sifatida o‘tkazgandik. Bu erlik vatandoshlarimiz va Melburndagi muxislarni mehrini qozonishga harakat qilamiz.

Bahodir Nasimov: Ertaga finalda o‘ynayotgandek maydonga tushamiz. Niyatimiz faqat g‘alaba qozonish. Muxlislarimizni xursand qilishda davom etmoqchimiz.

Shundan so‘ng matbuot anjumaniga kelgan jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Avstraliyalik jurnalist:
- O‘tgan turda ko‘plab o‘zgarishlar qildingiz. Ertaga ham o‘sha tarkib maydonga tushadimi yoki Jeparov va Kapadzelarni tushirasizmi?

- Bugungi mashg‘ulotlardan kelib chiqib yakuniy tarkibni tanlaymiz. Jeparov va Kapadzelar ham o‘yinga tayyorlar. Ular jamoamizning bir bo‘lagi hisoblanadi.

Xayrulla Xoliqov:
- JCh-2014 saralashidagi raqibimizdan qasos olish kerak, degan narsa sizga bosim yuklamaydimi?

- Yo‘q. Hamma narsani me’yori bo‘lgani ma’qul. U o‘yin tarixda qoldi. Bu boshqasi. Biz shunchaki o‘z o‘yinimizni ko‘rsatmoqchimiz.

Avstraliyalik jurnalist:
- Janubiy Koreya terma jamoasi haqida ma’lumotga egamisiz?

- Albatta. Kichkina axborot ham katta yutuqlarga olib kelishi mumkin.

Ahadxon Abduhamidov:
- Raqibning qaysi kuchli jihatlarini alohida ta’kidlab o‘tishingiz mumkin?

- Meni raqibning tezkorligi va qarshi hujumga o‘tib ketishi biroz xavotirga solmoqda. Ammo biz xato qilmaslikkka harakat qilamiz.

Nodirxo‘ja Yo‘ldoshev:
- Ertangi taktika borasida nima deya olasiz? Yoshlar kerak paytda tajribasizlik qilib qo‘yishlari va bosim ostida qolishlari mumkinku.

- Ertangi o‘yinda ozgina o‘zgarish qilinadi. To‘g‘ri, yoshlar bosim ostida qolib ketishlari mumkin. Biz raqibga qarab taktika tanlaymiz. Bizda "B" reja ham bor.

Koreyalik jurnalist:
- Server Jeparov Koreya K-ligasida mashhur o‘yinchi hisoblanadi. U nega oldingi o‘yinda maydonga tushmadi?

- Guruhda xatolarni to‘g‘irlash mumkin. Pley-offda buni iloji yo‘q. Xitoydagi mag‘lubiyatdan so‘ng biz boshqa futbolchilarni tushirishga harakat qildik. Jeparov hali o‘zbek futboli uchun kerak.

- Siz Koreya jamoalariga qarshi o‘ynashni juda yaxshi bilasiz. Ertangi o‘yinga rejangiz bormi?
- Buni o‘yinda keyin ko‘rasiz.

- Koreya guruh bosqichlarida bironta ham gol o‘tkazib yubormadi. Bunga qanday qaraysiz?
- Buning zamirida katta mehnat yotadi. Himoyachilar yaxshi o‘ynashmoqda. Darvozabon ham juda kuchli. Lekin ertaga biz bunga chek qo‘ymoqchimiz.

- Ertaga durang bo‘lib qolsa, qo‘shimcha bo‘limlar va penaltilar bo‘lib qolsa nima qilasiz?
- Bu futboldagi normal holat. Bu narsa haqida biz o‘ylamayapmiz. Biz asosiy daqiqalarda g‘alaba qoonmoqchimiz. Agar ish penaltilarga kelib taqalsa, biz tayyormiz.

Shu bilan Mirjalol Qosimov ishtirokidagi matbuot anjumani o‘z yakuniga etdi.

Manba: www.uff.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: Ertangi o‘yinga qo‘shimcha rejamiz ham bor