23:15 / 14.12.2019
2 511

OʻFA ishchi guruhi Qatarning yirik musobaqalarni oʻtkazish borasidagi tajribasini oʻrganmoqda

OʻFA ishchi guruhi Qatarning yirik musobaqalarni oʻtkazish borasidagi tajribasini oʻrganmoqda
Xabaringiz bor, 2020-yilning 14–31-oktyabr kunlari Oʻzbekistonda 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Mamlakatimiz ilk bor mazkur yosh toifasidagi qitʼa chempionatiga mezbonlik qiladi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur musobaqaga tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan. U-19 Osiyo chempionatini yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha yetakchi mamlakatlar tajribasi oʻrganilmoqda.

Jumladan, ayni kunlarda OʻFA ishchi guruhi Qatarda boʻlib turibdi. Mutaxassislarimiz Qatarning yirik musobaqalarni oʻtkazish borasidagi tajribasini oʻrganishmoqda.

Hozirda Qatarda klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Mutaxassislarimiz klublar mundiali uchrashuvlari davomida tashkilotchilik masalalari, stadionni hozirlash, uchrashuv rasmiylari va muxlislarni kutib olish, muxlislar uchun yaratilgan fan-hududlar, musobaqani yoritib boradigan ommaviy axborot vositalari uchun qulayliklar yaratish, marketing va oʻyinlar tashviqoti kabi koʻplab masalalar boʻyicha qatarlik va FIFA vakillari ish jarayonini oʻrganishmoqda.

Manba: Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi telegram rasmiy kanali

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OʻFA ishchi guruhi Qatarning yirik musobaqalarni oʻtkazish borasidagi tajribasini oʻrganmoqda