date

Osiyo kubogi-2015. Chorak finalni boshqarib boradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

Osiyo kubogi-2015. Chorak finalni boshqarib boradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

OFK Osiyo kubogining chorak final o‘yinlariga tayinlangan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yinni saudiya arabistonilik Fahad al-Mirdasiy boshqarib boradigan bo‘ldi.

Referiga qanotlarda hamyurtlari Badr ash-Shumroniy va Abdulla ash-Shalvay yordam berishadi.

Shuningdek, avstraliyalik Benjamin Uilyamsga Eron va Iroq o‘rtasidagi o‘yin ishonib topshirildi. O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi o‘yinda yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatolariga qaramay, OFK unga yana bir marta ishonch bildirdi.

O‘zbekistonlik Ravshan Ermatov chorak final o‘yinlariga tayinlanmadi. Hakamimiz keyingi bosqichda ishlashi kutilmoqda.

Osiyo kubogi-2015. Chorak final o‘yinlarini boshqarib boradigan hakamlar
JANUBIY KOREYa - O‘ZBEKISTON
Bosh hakam: Fahad al-Mirdasiy (S.Arabistoni)
1-yordamchi: Badr ash-Shumroniy (S.Arabistoni)
2-yordamchi: Abdulla ash-Shalvay (S.Arabistoni)

XITOY - AVSTRALIYa
Bosh hakam: Kim Dong Chjin (J.Koreya)
1-yordamchi: Chjeong Xe Sang (J.Koreya)
2-yordamchi: Yang Byong Eun (J.Koreya)

ERON - IROQ
Bosh hakam: Benjamin Uilyams (Avstraliya)
1-yordamchi: Metyu Krim (Avstraliya)
2-yordamchi: Pol Setrangolo (Avstraliya)

YaPONIYa - BAA
Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron)
1-yordamchi: Rizo Suxandon (Eron)
2-yordamchi: Muhammad Abulfazli (Eron)

Manba: www.stadion.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osiyo kubogi-2015. Chorak finalni boshqarib boradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi