
Bugun Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan yangi "Tahsin" mukofotining taqdirlash marosimi o‘tkazilmoqda. Marosimda sportchilarga ham mukofotlar topshirilyapti.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov va og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni Kumush Fayzullayeva sport sohasida mamlakat nufuzini ko‘tarishda qo‘shayotgan hissasi uchun "Tahsin" mukofoti bilan taqdirlanishdi. Sovrinni Mirzaxakim To‘xtamirzayev va Oksana Chusovitina topshirishdi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu marosimda turli soha vakillari mukofotlanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar