
Bilasiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarida navbatdagi U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik olib bormoqda.
Olimpiyachilarimiz bugun yig‘in doirasidagi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra terma jamoamizga bugun Iroq olimpiya terma jamoasi raqiblik qiladi. Uchrashuv "Al Hamriya Sports Club Stadium" stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 16:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00)da start oladi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston va Iroq olimpiya terma jamoalari ushbu yig‘in doirasida 2 marta o‘zaro bahs yuritishadi. Ikkinchi o‘yin 25 dekabr kuni o‘tkaziladi.
O‘zbekiston OlimpiyaIroq OlimpiyaU-23 OsiyoAl Hamriya SportsBahs YuritishYig‘in Doirasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar