
Hozirgina "Yuventus" va "Latsio" jamoalari o‘rtasida Italiya Superkubogi uchun kechgan o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
Saudiya Arabistoni poytaxti "Qirol Saud" stadionida kechgan uchrashuvda rimliklar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Shu tariqa, "burgutlar" o‘z tarixlarida 5-marta Italiya Superkubogini qo‘lga kiritishdi.
Yuventus – Latsio 1:3
Gollar: 0:1 – 16 Luis Alberto, 1:1 – 45 Dibala, 1:2 – 73 Lulich, 1:3 – 90 Kataldi.
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, Demiral, De Shilo (Kuadrado, 55), Aleks Sandro, Pyanich, Matyuidi (Duglas Kosta, 76), Bentankur, Iguain (Remzi, 66), Ronaldu, Dibala.
Latsio – Strakosha, Luis Felipe, Radu, Acherbi, Latssari, Luis Alberto (Parolo, 66), Leyva (Kataldi, 64), Lulich, Milinkovich-Savich, Korrea, Immobile (Kaysedo, 82).
Ogohlantirishlar: Matyuidi (9), Leyva (34), Bentankur (48), Luis Alberto (58), Kataldi (90).
Chetlatish: Bentankur (90). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar