Hozirgi kunda o‘ta og‘iir vaznda jarayonlar ancha murakkab... Buni asosiy sababi ham shu yilning boshida kutilmaganda Entoni Joshuani mag‘lubiyati va ko‘pchilik norozilik kayfiyatida bo‘lgan revansh jangi hisoblansa kerak. Bundan tashqari WBO Aleksandr Usik bilan majburiy himoya jangi o‘tkazishini, IBF esa Kubrat Pulev bilan jang o‘tkazilishni Joshuadan talab qilmoqda. Ya’ni, bu kamarlar uchun majburiy himoya jangini yuqoridagi raqiblariga qarshi o‘tkazishi lozim bo‘ladi. Aks holda esa kamarlaridan birini vakant qo‘yishga to‘g‘ri keladi.
Endi bevosita o‘ta og‘ir vazn toifasining hozirgi kundagi eng kuchlilari deb e’tirof etilayotgan bokschilarni imkoniyatlariga birma-bir va atroflicha to‘xtalib o‘tamiz.
Entoni Joshua
Endi Ruis bilan jangidagi dastlabki sensatsion sharmandali mag‘lubiyatlardan so‘ng ham o‘ziga kelishga kuch topa oldi. 7-dekabrdagi jangda muxlislarbop jang qilmagan bo‘lsada, natija uchun harakat qildi va bunga erishdi ham. Revanshda 1-jang asoratimi, ko‘p hollarda Joshua raqibidan cho‘chib harakat qildi. Bu biz bilgan havoskor boksdagi Joshuani eslatib yubordi.
Kamchiliklari: So‘ngi jangiga xos uslubda harakat qilsa, Uaylder va Fyuri bilan janglarda katta ehtimol bilan kamarlaridan ayrilib qolishi mumkin. Uaylder va Joshua jangida Deonteyga qarshi zarba kuchiga u tomonidan yo‘llanadigan zarbalari bas kela olmaydi. Fyuri hamda Joshua qarama-qarshiligida esa texnik va taktik jihatdan Tayson raqibidan bir bosh ustunlik qilsa kerak.
Afzaliklari: Eng katta yutugg‘i – bu promouteri Eddi Xirn ekanligidadir. Shuningdek, hozirda o‘ta og‘ir vaznda nufuzli to‘rt kamarning uchtasi Joshuada ekanligini hisobga olsak, prinsipial raqiblariga qarshi janglarda gonorar jihatdan anchagina imtiyozga ega bo‘lishga haqli. Oskar de la Xoya atyganidek, shartnomada “A” tomon aynan Joshua bo‘ladi.
Tayson Fyuri
Tayson Fyuri haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, u juda ham abjir, epchil bokschi ekanligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Biroq, so‘ngi jangida Otto Vallin bilan “Cinco de Mayo ”da jang qilganda raqibi ancha og‘ir ahvolga tushirib qo‘yydi. Eng ideal jangini ancha oldin Vladimir Klichkoga qarshi o‘tkazgan edi.
Kamchiliklari: Haddan ziyod o‘ziga ortiqcha ishonib yuborishi, ko‘p hollarda o‘zini zarariga ishlagan. Bundan tashqari, hozirgi kunda eng “ommabop” bokschi ekanidan goh, WWA bo‘yicha janglarda, goh UFC chempionlarini jangga chorlab, MMA bo‘yicha shug‘ullanayotganini ko‘rishimiz mumkin. Yaqindagina o‘zini murabbiyini almashtirishi ham zarariga ishlasa kerak. Chunki yangi murabbiy bilan yangicha uslubda jang qilishi, bu uslubga qanchalik to‘g‘ri kelishi vaqt masalasidir. Bundan tashqari o‘zini oxirgi inetrvyularining birida boks bo‘yicha yana 3 ta jang o‘tkazganidan so‘ng, “qo‘lqoplarni mix”ga ilishini aytgandi. Shu uch jangidan birisi 22 fevral kuni Deontey Uaylderga qarshi bo‘lishini inobatga olsak, atiga yana 2 jang o‘tkazadi.
Afzaliklari: Nafaqat hozirgi kunda, balki bundan besh yil oldin ham aynan o‘ta og‘ir vaznda eng kuchli texnika sohibidir. Ya’ni ehtimoliy janglarga to‘htaladigan bo‘lsak, Uaylder va Joshua ham Tayson Fyurini ochko bo‘yicha yutish imkoniyati deyarli yo‘q. (Agar yutsa ham faqat muddatidan oldin texnik nokaut evaziga bo‘lishi mumkin). Sababi texnik va taktik jihatdan bir bosh ustun raqiblaridan.
Deontey Uaylder
Bu bokschi qolganlarga qaraganda vazn jihatidan biroz yengil bo‘lishi mumkindir. Biroq, birgina zarbasi bilan jang taqdirini hal qila oladi. Aytishimiz mumkinki, zarbasining kuchi jihatidan u raqiblaridan ancha ustun. Statistikasi ham buni aytib turibdi: 43 jang 42 g‘alaba 41 ta KO, 1 ta durang, 0 ta mag‘lubiyat. Nokautlar koyifitsiyenti 93%.
Kamchiliklari: Asosiysi bu faqat zarbasiga ishonishidir. Bu holat unga ko‘pgina janglarida ochko bo‘yicha ortda qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Afzaliklari: Fyuri va Joshuadan farqli ravishda istalgan raqiblariga qarshi birgina zarbasi bilan jang taqdirini hal qila oladi. O‘ta og‘ir vazn uchun bu eng muhim jihat hisoblanadi.
Xulosa o‘rnida, yuqoridagi qayd etilgan ma’lumotlarga tayanib umumiy to‘htamga keladigan bo‘lsak, Uaylder, Joshua, Fyurilar orasida eng kuchsizi Entoni Joshua ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Buning asosiy isboti sifatida uni zarba ko‘tara olmasligida deb aytsak yanglishmagan bo‘lamiz. (Ruis bilan har ikkala jangi, Klichko bilan jangi, Povetkinga qarshi janglar).
Albatta, bu mening shaxsiy fikrlarim. “Kim aslida kim” ekanligini 22.02.2020 yilda bilib olamiz!
Jasurbek Saidmusayev
TDYU talabasi
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
TDYU talabasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi