
OFK sayti Dubayda yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi haqida iliq gaplarni yozdi.
Xususan uchta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib hammasida zafar quchgan futbolchilarni sayt xodimlari alohida ta’kidlab o‘tishgan.
"O‘zbekiston yana nishonda! Bu jamoa U-23 Osiyo chempionatida amaldagi chempion sifatida ishtirok etadi" - deyiladi OFK xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 8-26 yanvar kunlari Tailandda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi va musobaqa yakunida kuchli uchlikka kirgan jamoalar Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olishadi.
O‘zbekiston qit’a birinchiligidagi ilk uchrashuvni 9 yanvar kuni Eronga qarshi o‘tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar