
Kataloniyaning “Barselona” klubi so‘nggi 10 yillikdagi natijalarini sarhisob qildi.
Unga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” so‘nggi 10 yillikda Top-5 chempionat jamoalari orasida eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa ekanligi ma’lum bo‘ldi. “Barselona” hisobida jami 289 ta g‘alaba mavjud.
Kataloniyaliklardan keyingi o‘rinlarda esa “Real” (273), ”Yuventus” (260), “Manchester Siti” (250) va “Bavariya” (250) jamoalari joy olishgan.
Bundan tashqari “Barselona” 2010 yildan buyon raqiblari darvozasiga eng ko‘p gol urgan jamoa hisoblanadi. Ular shu kungacha 1600 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol etishgan.
Ulardan keyingi o‘rinlarda esa “Real” (1016), “Bavariya” (863), “Manchester Siti” (841) va PSJ (827) joy olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar