O‘zbekiston milliy chempionatida 2009-yildan beri to‘p tepib kelayotgan gruziyalik mohir futbolchi Kaxi Maxaradze sobiq klubi "Lokomotiv"ga qaytdi.
Ma’lumki, Maxaradze 2009 yil O‘zbekiston chempionatidagi ilk mavsumini aynan "temiryo‘lchilar" safida boshlagandi. Kaxi o‘sha yil "Loko" safida 15ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan. U 2010 yilni ham "Lokomotiv"da o‘tkazib shundan so‘ng "Paxtakor"ga yo‘l oldi.
Oradan besh yil o‘tib "Loko"ga qaytgan Maxaradze 2016/2017/2018-yillari jamoaning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ldi. Tayanch yarim himoyasida to‘p tepgan futbolchi uch yilda 100dan ortiq uchrashuvda ishtirok etib, "Lokomotiv"ning ketma-ket uch mavsum chempion bo‘lishida munosib hissa qo‘shdi.
Bu yil "So‘g‘diiyona"da faoliyat olib borgan Maxaradze Superliganing barcha 26 turida harakat qilgan jizzaxliklarning yagona futbolchisi bo‘ldi. Chempionat yakuniga yetgach u erkin agent sifatida yana "Lokomotiv" qaytdi va "temiryo‘lchilar" bilan shartnoma imzoladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi