Futzal. AGMK O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi

Futzal. AGMK O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi
Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi finali bo‘lib o‘tdi. Unda Olmaliqning AGMK klubi Toshkentning "Lokomotiv" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Poytaxtimizdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida kechgan uchrashuvda Aleksandr Petrov shogirdlari 5:2 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa olmaliqliklar "oltin dubl" qayd etishdi. Bundan bir necha kun oldin "sariq-qoralar" mamlakat chempionatida ham zafar quchgan edilar.

AGMK - "Lokomotiv" 5:2
Gollar:
Mirzoxid Xaydarxo‘jayev (5, 0:1), Akbar Usmonov (16, 1:1), Mashrab Adilov (25, 2:1), Davron Valijonov (35, 3:1), Akbar Usmonov, (37, 4:1), Abbos Elmurodov (38, 4:2), Husniddin Nishonov (40, 5:2)
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar