
Angliya Premer-ligasi 20-turidan o‘rin olgan "Liverpul" hamda "Vulverxempton" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
"Enfild" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi. Bellashuvdagi yagona gol 42-daqiqada Sadio Mane tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, "qizillar" hisobidagi ochkolar soni 55 taga yetdi va turnir jadvalidagi peshqadamlikni davom ettiradigan bo‘lishdi. Eng yaqin ta’qibchi "Lester" bilan oradagi ochkolar soni 13 taga yetdi.
Liverpul – Vulverxempton 1:0
Gol: 1:0 – 42 Mane.
Liverpul – Alisson, van Deyk, Robertson, Gomes, Aleksander-Arnold, Xenderson, Veynaldum (Milner, 86), Lallana (Keyta, 67), Mane, Salax, Firmino (Origi, 86).
Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Kastro, Bennett, Kilmen, Ruben Vinagre, Dendonker (Traore, 58), Moutinyu, Netu, Ruben Nevesh (Saiss, 58), Koudi, Diogu Jota (Ximenes, 72).
Ogohlantirish: Lallana (45). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar