«Rostov»ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov qishki transferlar vaqtida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda «Federalnogo agentstva novostey» manbasi xabar bermoqda.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, rostovliklar forvardini qo‘yib yuborishni istashmaydi, ammo futbolchi uchun kamida 10 million yevro mablag‘ taklif etilsa u bilan xayrlashishga rozi bo‘lishadi.
Xabarda qayd etilishicha, futbolchining o‘zi ham jiddiy takliflarni ko‘rib chiqishga qarshi emas. Ushbu mavsumda to‘purarlik salohiyatini namoyish etgan futbolchiga nafaqat Rossiyadagi top-klublar, balki Fransiya va Germaniyadagi jamoalar ham qiziqish bildirmoqda.
Bundan oldinroq o‘zbekistonlik hujumchi uchun eng jiddiy taklif Moskvaning SSKA klubidan bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Shomurodov 2017 yil yozida «Rostov»ga Toshkentning «Bunyodkor» klubidan 300 ming yevro evaziga transfer bo‘lgandi. Uning rostovliklar bilan amaldagi shartnomasi muddati 2024 yilgacha tuzilgan.
U joriy mavsumda RPLning birinchi davrasida 10 gol urib, 6 golli uzatmaga mualliflik qildi. U shuningdek, O‘zbekiston milliy jamoasida 46 o‘yinda 20 gol urishga ulgurdi.
24 yoshli futbolchining transfer qiymati transfermarkt.de portalida 6,5 million yevroga baholangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?