14:43 / 01.01.2020
2 995

"Navbahor" Kasyanning o‘rnini to‘ldirish uchun xorijdan hujumchi topib qo‘ydi

"Navbahor" Kasyanning o‘rnini to‘ldirish uchun xorijdan hujumchi topib qo‘ydi
“Navbahor”ning 2020 yil 7 yanvardan boshlanadigan yig‘iniga mahalliy futbolchilardan tashqari, 12 nafar xorijlik o‘yinchilar ham jalb etilishgani, ularning soni yig‘in davomida yanada oshishi ehtimoli ham yuqori ekanligini avvalroq xabar bergandik.

Mazkur legionerlarning safiga yana bir osiyolik futbolchi qo‘shiladigan bo‘ldi. Bu Janubiy koreyalik Shim Je Xyuk bo‘lib, u 1995 yil 5 martda Seongnam shahrida tug‘ilgan. Shu kungacha o‘z mamlakatining “Seul” (2014-2017 yillar), “Seongnam” (2017 yil) jamoalarida to‘p tepgan. Xyuk 2018 yildan buyon “Guanjou” klubida o‘ynamoqda. Ampluasi – hujumchi.

Demak, “lochinlar”ning yangi yilning 7 yanvaridan boshlanadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida 30 nafarga yaqin mahalliy va 13 nafar xorijlik futbolchilar ko‘rikdan o‘tishadi. Bu esa jamoaning murabbiylar shtabida tanlov imkoniyati ham yuqori bo‘lishini anglatadi.

Manbaning ma’lum qilishicha, mazkur futbolchilardan qaysi biri “Navbahor” murabbiylar shtabida ijobiy taassurot qoldirsa, o‘sha o‘yinchi bilan shartnoma imzolanadi.

Eslatib o‘tamiz, "Navbahor"ning rossiyalik hujumchisi Aleksandr Kasyan "Surxon" bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzoladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Navbahor" Kasyanning o‘rnini to‘ldirish uchun xorijdan hujumchi topib qo‘ydi