
O‘smirlar o‘rtasida kross bo‘yicha (IAAF 2017) jahon chempioni, ugandalik yengil atletikachi Jeykob Kiplimo San-Pauludagi poygada butun masofani yetakchi sifatida bosib o‘tdi. Ammo marraga bir qadam qolganida...
Finish chizig‘iga deyarli qo‘l uzatgulik masofa qolganida u negadir o‘zini bo‘sh qo‘ydi, tezlikni susaytirdi, hatto g‘alabani nishonlash uchun qo‘lini osmonga ko‘tarishga ham shaylandi. Ammo ikkita muhim jihatni: har qanday sportda oxirgi soniyalargacha kurash kechishini va ortida keniyalik Kibivott Kandi yugurib kelayotganini unutgandi.
G‘alaba chizig‘iga sanoqli qadamlar qolganida Kandi yashin tezligida oldinga o‘tib ketdi: ham zafar quchdi, ham 15 kilometrni 43 daqiqaga qolmay bosib o‘tib, yangi rekord o‘rnatdi.
O‘smirlar KrossiJeykob KiplimoSan-Pauludagi PoygaG‘alaba NishonlashKeniyalik KandiYangi Rekord O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar