Foto: RIA "Novosti"
Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov «Everton»ni moliyalashtirishga tayyorligini bildirdi.
«Men Moshirining «Everton»iga sarmoya kiritish haqida o‘ylayapman. Agar u mendan buni so‘rasa, mamnun bo‘lardim. «Arsenal»dan voz kechmayman, muxlis sifatida bu klubni qo‘llab-quvvatlayman. Lekin «Everton»ning hissadorlaridan biriga aylansam, albatta, Mersisayd klubining libosini kiyaman. Chunki professionalman.
Ular yangi stadion qurmoqchi. Nima uchun uni «USM Arena» deb nomlamaslik kerak? O‘zim qatnashishim shart emas. Men ularga shunchaki homiylik qilishim mumkin.
«Arsenal»ni yaxshi ko‘raman, lekin bu jamoa bilan muvaffaqiyat qozonolmadim. Yana nima qilishim mumkin? Ammo «Arsenal» mensiz nimanidir yo‘qotgan deb hisoblayman», – deb Usmonovning so‘zlarini keltiradi The Financial Times.
Eslatib o‘tamiz, Usmonov avvalroq «Arsenal» klubining hissadorlaridan biri bo‘lgan, 2018 yilda esa o‘z ulushini sotib yuborgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?