07:36 / 06.01.2020
3 950

«Lion»ga Eldor Shomurodov kerak

«Lion»ga Eldor Shomurodov kerak
Foto: «Rostov» matbuot xizmati
Fransiyaning «Lion» klubi «Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda, deb yozadi Daryo nashri.

Lionliklar hujumchisi Memfis Depay kamida yarim yilga safdan chiqdi. Shu boisdan ham klub hujumchi izlash ishlarini boshlab yuborgan. «Spartak»—«Rostov» uchrashuvini Shomurodov harakatlarini «Lion» skautlari kuzatib borgan. Ammo klub hujumchi uchun juda katta miqdorda mablag‘ sarflash niyatida emas.

Avvalroq «Shtutgart» Shomurodovni qo‘lga kiritish uchun 10 million, keyin esa 15 million yevro taklif qilgani, shuningdek, Moskvaning SSKA jamoasi ham shu miqdordagi pulni berishga tayyorligi xabar qilingandi.

Shomurodov 2017 yilning yozida 300 ming yevro evaziga «Bunyodkor»dan «Rostov»ga o‘tgandi. Ushbu mavsum futbolchi «sariq-ko‘klar» safida 21 o‘yin o‘tkazib, o‘nta gol urdi va oltita samarali uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lion»ga Eldor Shomurodov kerak