3 492
Habibning murabbiyi Konorga qarshi jangdagi mojaro haqida: 10 daqiqadan so‘ng Putin qo‘ng‘iroq qilgandi
Foto: Yandex Photos
UFC yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes shogirdining Konor Makgregorga qarshi kechgan jangidan keyin nimalar bo‘lganini aytdi.
«Jangdan so‘ng Habibga murabbiy aytishi kerak bo‘lgan jumlalarni gapirdim: hammasi yaxshi, barchasi ortda qoldi, buni hayoldan chiqarib tashla, hammasi yaxshi bo‘ladi.
Biz kiyinish xonasida edik, o‘n daqiqadan keyin Vladimir Putin qo‘ng‘iroq qildi va u bilan faxrlanishini aytdi. U shunday dedi: ‘Sen vataning va oilang sharafini munosib himoya qilding. Murabbiylaringa ham tashakkurimni yetkazib qo‘y, ular ham katta ishni amalga oshirdi’», — deydi Mendes.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning oktabr oyida Habib irlandiyalik yakkurashchini bo‘g‘ish usulini qo‘llab taslim etgan va shundan keyin raqibining sparring sherigi bilan janjallashib ketgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?