
Foto: Facebook
2020 yil fevralida Xitoyning Uxan shahrida boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga litsenziya taqdim etuvchi musobaqa bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ushbu musobaqada qatnashishga -69 kg vazn toifasiga ikki da’vogar mavjud — Shahram G‘iyosov hamda Bobusmon Boturov.
Ma’lum bo‘lishicha, ikkala bokschi o‘rtasida o‘zaro sparring jangi tashkil etiladi. Unda g‘olib bo‘lgan sportchi esa Xitoydagi litsenziya taqdim qiluvchi musobaqada ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov ayni damda professional boksda faoliyat olib bormoqda. U shu kunga qadar prof ringda 9 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. 7 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Bobousmon Boturov esa 2019 yil havaskor boksda Osiyo chempionligini, shuningdek, Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar