Bugun Tailandning Songxla shahrida U-23 Osiyo chempionati 1-turidan o‘rin oldidan O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Xitoy va Eron terma jamoalarining bosh murabbiylari ishtirok etishdi.
Lyubinko Drulovich (O‘zbekiston): Oldinda qiziqarli va juda qiyin tarzda kechishi kutilayotgan musobaqa turipti. Guruhimiz murakkab, teng kuchli jamoalardan tashkil topgan. Ayni paytda e’tiborimiz Eronga qarshi uchrashuvga qaratilgan. Bu jamoani mag‘lubiyatga uchratganimizdan so‘ng boshqa o‘yinlar haqida o‘ylaymiz.
Tailandda birinchi marta bo‘lib turipmiz. Bizni havotirga solayotgan jihatlar, jarohatlar va boshqa muammolar yo‘q. Barchasidan mamnunmiz.
Oston O‘runov? Tarkibga ayni paytdagi eng yaxshi futbolchilarni chaqirganmiz. Shuning uchun hozir safimizda bo‘lmagan hfutbolchi haqida gapirish to‘g‘ri emas, deb o‘ylayman. Shuning uchun bizga ishoninglar va chiroyli g‘alabalar bilan O‘zbekistonga qaytamiz.
Xak-Bum Kim (Janubiy Korea): - Musobaqa tashkilotchilariga rahmat. Biz bu chempionatga yaxshi tayyorlandik. Guruhimizda kuchli raqiblar jamlangan. Shu boisdan bizni qiyin, ammo qiziqarli va ajoyib o‘yinlar kutmoqda.
Kvartetimizdagi har bir jamoa musobaqada g‘olib chiqish uchun kelgan. Biz ham ular kabi qit’a birinchiligida chempionlik va Olimpiada yo‘llanmasigi qo‘lga kiritishni maqsad qilganmiz. Tarkibimizga eng kuchlilarni qo‘shib olganmiz.
Vei Xao (Xitoy): - OFKga musobaqa va tashkilotchilik uchun tashakkur. Ular barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Chempionatga ko‘ngildagidek g‘ozirlik ko‘rdik. O‘yinlarda bor kuchimizni ishga solib, ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz.
Biz qiyin guruhdan o‘rin oldik. Raqiblarimizning barchasi yaxshi tayyorgarlikka ega va kuchli futbolchilar bilan Tailandga tashrif buyurishdi.
Hamid Estili (Eron): - Guruhdagi jamoalarga o‘z hurmatimni bildirib qolaman. Kvartetimizda kuchli jamoalar bor.
FIFA taqvimi yig‘in va o‘rtoqlik uchrashuvlarini ko‘ngildagidek o‘tkazishimizga biroz halal berdi. Shunday bo‘lsa ham biz musobaqada yaxshi natija ko‘rsatishga umid qilamiz. O‘zbekiston terma jamoasini yaxshi bilamiz. Ular bilan 2 bor o‘rtoqlik uchrashini o‘tkazdik. O‘yinchilarim musobaqaga tayyorgarlik jarayonida qattiq mehnat qilishdi. Doim birinchi o‘yin qiyin kechadi. Shu bois O‘zbekistonga qarshi bahs ham oson kechmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi