Tailand mezbonlik qilayotgan U23 Osiyo chempionatining D guruhi vakillari 10 yanvar, juma kuni 1-tur o‘yinlarini o‘tkazdi.
Vetnam olimpiya terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari bilan bahs yuritdi. Mazkur uchrashuvda hisob ochilmadi va musobaqaning amaldagi vitse-chempionlari durangga rozi bo‘ldi.
U23 OCH—2020
1-tur bahslari
10 yanvar, juma
D guruhi
Vetnam — BAA 0:0
Iordaniya olimpiyachilari esa KXDRga qarshi maydonga tushdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Muhammad bani Atieh iordaniyaliklarni oldinga olib chiqdi. 74-daqiqada Umar al-Zebdieh hisobni oshirdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Ryan Hyon Ju hisobdagi farqni qisqartirishga erishdi.
KXDR — Iordaniya 1:2
Gollar: 0:1 — 45+1 Muhammad bani Atieh, 0:2 — 74 Umar al-Zebdieh, 1:2 — 90+1 Ryan Hyon Ju.
Ushbu guruhda ikkinchi tur bahslari 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Unda BAA KXDR bilan, Iordaniya esa Vetnam bilan o‘ynaydi.
Shu bilan musobaqaning 1-tur uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi. 11 yanvardan boshlab 2-tur uchrashuvlari start oladi. Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 12 yanvar kuni Xitoyga qarshi o‘yin o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi