
Jahonning eng taniqli murabbiylaridan Fabio Kapello "Manchester Siti" va "Liverpul" o‘rtasidagi APL chempionligi uchun kurash haqida gapirib o‘tdi.
"Gvardiola so‘nggi o‘n yillikda eng yaxshilaridan biri bo‘ldi va u shunday davom etadi deb o‘ylayman.
Endi raqobat kuchaydi va yuqori saviyali murabbiylar yetishib chiqdi. Ammo Xosep rivojlanishda davom etadigan aqlli murabbiy.
"Barselona"dan ketganidan so‘ng u o‘z uslubini o‘zgartirdi. Gvardiolaning yangi uslubida tezkor futbol va hujum chizig‘ida ko‘proq hujumchilar o‘rin oldi".
Shuningdek, Italiyalik mutaxassis "Liverpul" o‘yin uslubiga haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
- "Liverpul" to‘pni yo‘qotganidan so‘ng darhol qaytarib olishga intiladi. Bu ularga maydonda raqibdan ko‘ra ko‘proq ustunlik beradi.
Bizning Italiyada tezlik yuqori emas. Biroq shunday jamoa borki, ularning o‘yin uslubi "Liverpul"nikiga juda o‘xshash. Bu Gasperini. Uning "Atalanta"si A seriyadagi eng yevropalashgan klub", - deya aytib o‘tdi Kapello. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar