O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bugun Tailanddagi Osiyo chempionatining 2-turida Xitoyni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Guruh bosqichining so‘nggi turida Lyubinko Drulovich shogirdlari bugun chorak final masalasini o‘zi uchun ijobiy hal qilgan Janubiy Koreyaga qarshi o‘ynashadi.
Ko‘plab muxlislar Janubiy Koreya guruhdan chiqib bo‘lgani uchun bizga qarshi ikkinchi tarkib bilan o‘ynashi mumkin deb umid qilmoqda. Biroq ularni xafa qilishga majburmiz.
Keling, dastlab ushbu jamoa safida ikkita turda qaysi futbolchilar maydonga tushganini yodga olamiz.
Demak, Janubiy Koreya bosh murabbiyi ikkita o‘yinda 19 nafar futbolchini maydonga tushirib bo‘ldi. Ya’ni bugun Koreya asosiy tarkibida birinchi turdagiga nisbatan 7ta o‘zgarish kuzatildi. Xitoy va Eronga qarshi uchrashuvlarda faqatgina 4 futbolchi (ulardan ikki nafari darvozabon) maydonga tushmadi xolos.
Shu bois guruhdan chiqish masalasini ijobiy hal qilgan Janubiy Koreya bizga qarshi ikkinchi tarkib bilan o‘ynashini kutmaslik kerak. Sababi ularda ikkinchi tarkibning o‘zi yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi