
UFC prezidenti Dana Uaytning so‘zlariga ko‘ra, irlandiyalik Konor Makgregor UFC 249 doirasida oktagonga ko‘tarilishni istayapti.
Nurmagomedov va Fergyuson o‘rtasidagi jang uchun Makgregor o‘zini zahira sifatida ko‘rmoqda. Kimdur jarohatlansa, uning o‘rniga oktagonga ko‘tarilishni istayapti. Bungacha, Nurmagomedov va Fergyuson qarama-qarshiligi 4 marotaba bekor qilingan.
"Ayni damda, Konor ishonadiki, Xabib va Toni o‘rtasidagi jang so‘nggi lahzalarda bekor qilinadi. UFC ushbu jangni tashkillashtirishga ko‘p uringan, juda ko‘p marotaba.
Konor jang bo‘lmasligiga ishonadi. U Serronega qarshi yarimengil vaznda jang qiladi va shundan so‘ng, Fergyuson chetlatilsa, uning o‘rniga Xabibga qarshi jang qilmoqchi.
Ko‘ramiz, bu nima bilan yakun topar ekan. Makgregor Xabibga qarshi revansh jangini chin dildan xohlamoqda", - dedi Uayt.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning oktabr oyida Xabib Nurmagomedov Makgregorni taslim etgan edi.
Rossiyalikning Fergyusonga qarshi janggi 18 yanvar kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar