date
views 2 755

Yevro Osiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar futbolchilari 1 iyuldan Rossiyada legioner hisoblanmaydi

Yevro Osiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar futbolchilari 1 iyuldan Rossiyada legioner hisoblanmaydi
Rossiya sport vazirligi 2020 yilning 1 iyulidan kuchga kiradigan Yevro Osiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo mamlakat futbolchilarining Rossiya chempionatida legioner deb hisoblanmasligi borasidagi qarorni e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Yevro Osiyo iqtisodiy ittifoqiga ayni damda Rossiyadan tashqari Armaniston, Qozog‘iston, Belarus va Qirg‘iziston davlatlari a’zo hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, hozirda Rossiya premer-ligasi uchrashuvlarida maydonda bir jamoada 6 tadan ortiq legioner harakat qilishi mumkin emas. 2020/21 yildan boshlab esa klublar 8 ta legionerni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruhsat etilishi belgilangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro Osiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar futbolchilari 1 iyuldan Rossiyada legioner hisoblanmaydi
-->