
O‘tgan mavsumni quyi liganing "Oqtepa" klubida o‘tkazgan Pavel Purishkin Ummonning "Ummon FK" jamoasi a’zosiga aylandi.
"Hayotimdagi yangi sahifa! "Ummon FK" klubi barcha eng yaxshi damlarimni qaytaradi," - deb yozdi Purishkin o‘zining "Instagram"dagi shaxsiy bo‘limida.
Eslatib o‘tamiz, Purishkin so‘nggi mavsum O‘zbekiston kubogining chorak finalida AGMK (3:4) ga qarshi bellashuvda xet-trik qayd etgan edi.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli futbolchi faoliyati davomida mamlakatimizdan tashqari, Malayziya, Qozog‘iston va Indoneziya klublarida to‘p surgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar