Xabaringiz bor, Tailandda 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi chorak finalda BAA bilan kuch sinashadi.
Mazkur bellashuvdan bir kun oldin jamoalar bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda terma jamoamiz ustozi Lyubinko Drulovich quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
- Bizni katta o‘yin kutyapti. O‘rtoqlik o‘yinida BAA juda kuchli xarakat qilgan va g‘alaba qozongan. Raqibga nisbatan tiklanishga vaqtimiz ko‘proq edi. Biz orzuimiz sari intilishda davom etamiz. Niyat Olimpiada o‘yinlari.
Bizda avvalgi turnirda ishtirok etgan 8 nafar futbolchi bor. Ularning tajribasi ko‘proq. Biroq bu safargi turnir Olimpiada uchun. O‘yinlar og‘ir bo‘lyapti. Hammada motivatsiya yuqori. Chempionlikni himoya qilish oson emas. Biz, albatta, eng yuqori maqsadlarni qo‘yganmiz.
Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvdan keyin men aytgandimki, biz turnir yetakchilari bilan o‘ynadik va guruhdan chiqdik. Bu esa oson kechgani yo‘q. Biz bu safar kuchimizni to‘liq tiklashimizga ishonchim komil. BAAga qarshi uchrashuvgacha jismoniy holatimiz yaxshilanadi.
Bellashuvlar juda keskin o‘tdi. Bitta gol farqi ko‘p uchrashuv masalasini hal qildi. Yaponiya, Eron, Iroq, Qatar kabi kuchlilar esa guruhda qiyinchilikka duch kelishdi. Ayni vaqtda turnirning 8 ta eng kuchli terma jamoa qoldi. Buyog‘iga o‘yinlarni kichik detallar hal qilib qo‘yadi, - dedi Drulovich.
Eslatib o‘tamiz, BAA - O‘zbekiston uchrashuvi 19 yanvar kuni "Rajamangala" stadionida o‘tkaziladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:15da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi