
Turinning "Yuventus" klubi argentinalik forvard Paulo Dibala bilan amaldagi kelishuvni qancha muddatga uzaytirish niyatidaligi ma’lum bo‘ldi.
Turinliklar 26 yoshli futbolchi ispan top-klublarining biriga o‘tib ketmasligi uchun, u bilan 2024-yil iyunigacha shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Hujumchi va klub o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2022-yil yozigacha amal qiladi.
Ayni damda Dibala bitta mavsum uchun 7 million yevro maosh olmoqda, yangi kelishuvda u 10 million yevrogacha ko‘tarilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar