06:00 / 19.01.2020
3 051

O‘zbekistonda futbol klublari xususiylashtirilishi mumkin

O‘zbekistonda futbol klublari xususiylashtirilishi mumkin
Foto: O‘FA
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonda hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Qaror loyihasida qayd etilishicha, O‘zbekistondagi hududiy futbol assotsiatsiyalari oldiga davlat tasarrufidagi futbol klublarini xususiy sektorga o‘tkazishni tashkil etish hamda ular orasida sog‘lom sport raqobati muhitini yaratilishini ta’minlash vazifasi yuklatiladi.

O‘zbekiston Superligasi 2019 yilgi mavsumida ishtirok etgan klublar va ularning ta’sischilarining klubdagi ulushlari

Foto: Telegram/@CorpInfo
Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy futbol assotsiatsiyalarining asosiy vazifalari etib belgilanishi kutilmoqda:
— bolalar va o‘smirlarni futbol bilan shug‘ullanishga qiziqishini oshirish, havaskor futbolni ommaviylashtirish, bu borada umumta’lim maktablari, sport ta’lim muassasalari, mahalla va tashkilotlarda futbol bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish;
— yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimini tubdan takomillashtirish;
— futbol sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etishni tashkil qilish;
— futbol sohasini bozor mexanizmlari asosida boshqarilishini ta’minlash;
— futbol klublarini xususiy sektorga o‘tkazishni tashkil etish hamda ular orasida sog‘lom sport raqobati muhitini yaratilishini ta’minlash;
— futbol musobaqalari tomoshabopligini oshirish hamda futbolni rivojlantirishning yangi tizimini samarali yo‘lga qo‘yish orqali «o‘zbek futboli» brendi yaratilishini ta’minlash;
— futbol sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga ilg‘or ilmiy-metodik va innovatsion texnologiyalarini joriy etish;
— futbol sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, futbol infratuzilmasini moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish yuzasidan doimiy ravishda takliflar ishlab chiqish;
— futbolni, shu jumladan hududiy futbol assotsiatsiyalari a’zolarini, futbolchilar, trenerlar va hakamlarni, futbol faxriylari va boshqa mutaxassislarni ilmiy-metodik va moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga ko‘maklashish.

Qaror loyihasi matni bilan quyidagi havola orqali to‘liq tanishish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonda futbol klublari xususiylashtirilishi mumkin