Butunjahon boks kengashi (WBC) dekabr oyi uchun professional bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik sakkiz nafar bokschi mazkur reytingdan o‘rin egalladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.
Yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) yangi reytingda bir oy oldingi o‘rnidan bir pog‘ona pastlab 5-o‘ringa joylashdi. Ayni vaqtda u IBF reytingida birinchi, WBO reytingida esa 8-o‘rinlarni egallab turibdi.
Super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan o‘zbekistonlik Azizbek Abdug‘ofurov (13-0, 5 KO) esa oldingi pog‘onasini saqlab qolgan holda 2-o‘rinda bormoqda. U hamon WBC Silver kamari sohibi sifatida ko‘rsatilmoqda.
Reytingning xalqaro miqyosida tan olingan Top-15 ligida boshqa o‘zbekistonlik bokschilar joy olmagan. Ammo WBC boshqa reytinglardan farqli ravishda 40 kishidan iborat reytingni tuzib chiqadi. Mazkur kengaytirilgan reytingda yana olti nafar o‘zbek bokschisi e’tirof etilgan.
WBC kengaytirilgan reytingida super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (4-0, 4 KO) o‘tgan oydagidan ikki pog‘ona yuqorilab 31-o‘rindan joy olgan.
Birinchi o‘ta yengil (-48,99 kg) vazn toifasi vakili Hasanboy Do‘smatov (1-0, 1 KO) o‘tgan oydagi kabi 34-o‘rinda qolgan. Shuningdek, yangilangan reytingda o‘ta og‘ir (+90,7 kg) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov (6-0, 6 KO) 39-o‘rinni saqlab qolgan. Super yengil vaznda WBC Asia chempionlik kamari sohibi Anvar Turopov (5-1, 4 KO) xuddi o‘tgan oydagidek 40-o‘rinda qayd qilingan.
Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) esa yana bir pog‘ona pastlab, 22-o‘rinda qayd qilingan bo‘lsa, mazkur vazn toifasining yana bir vakili Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) esa bu oyda yana ikkita o‘rin pastlab, 32-pog‘onani band etib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi