23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogining chorak finalida Birlashgan arab amirligi terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi bahs olib bordi va bellashuvda hamyurtlarimiz yirik, 5:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
OFK ushbu o‘yinning gollari va xavfli vaziyatlarini "Youtube"dagi o‘zining sahifasiga joylashtirdi. 255 mingdan ziyod tomoshabin ko‘rgan videoga 800 ga yaqin izoh qoldirilgan. Ushbu fikrlar orasidan eng saralarini yig‘ib, e’tiboringizga havola etamiz.
Ernar Abdullayev:
Qirg‘iziston va O‘zbekiston Sosedi Molodsi rebyata Chempion bolgula Omin.
Elias Vedder:
Braziliya O‘zbekistonni sevadi.
Felix Nugraha:
O‘zbekiston yaxshi o‘ynadi... Indoneziyadan
Pes2020 Superstar:
Tailandliklar iltimos, Saudiyaga qarshi o‘yinda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga boring.
Bais avin:
Mening taxminimcha, O‘zbekiston va Koreya finalda o‘ynaydi.
Troung giang:
O‘zbekistonni tabriklayman! Vetnamdan.
Boripat Wannasri:
Ha-ha-ha... Yolg‘onchi arab jamoasini taslim eting! Buyuk O‘zbekiston! Yarim finaldan o‘rin olgan Saudiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yinda butun Tailand o‘zbeklarga muxlislik qiladi. Iltimos, hiylakor Saudiya Arabistonini mag‘lubiyatga uchrating!
Joker YT:
"Woooooow" Krishtianu Bozorov.
Sompop klibpeng:
Iltimos, Saudiyani mag‘lub eting! Ular hakam uchun katta pul to‘lagan!
Tam Do:
"Va-uv" imkonsiz! Ular juda va juda kuchli! Hozirgi O‘zbekiston 2 yil avvalgisidan ham kuchliroq. Men finalda Janubiy Koreya va O‘zbekiston qarama-qarshiligini kutaman.
Hung Phan:
2004 yili Daniya va Shvetsiya Italiyani dog‘da qoldirish uchun kelishgan holda, halol o‘yin qilishmagandi va ikkalasi ham chorak finaldan so‘ng, chiqarib yuborilgandi.
Endi 2020 yilda ham shunday bo‘ldi. Iordaniya va BAA bir-birlariga yordam berib, o‘zaro durang o‘ynashdi.Vetnam bilan bo‘lgan 1:1 hisobidagi o‘yinda ham nohaqlik qilishgan edi. O‘zbekiston va Janubiy Koreyaga rahmat!
Lightis Shin:
"Va-uv" O‘zbekistondan ajoyib o‘yin! Sizlar juda kuchlisiz! Tailanddan tabriklayman!
Nguen Thienduy:
Ha-ha-ha, BAA - Iordaniya 1:1! Ajoyib do‘stlar, uyingizga boring! Vetnamdan.
Melinia Shesar Rahmad Puji Widodo:
Ajoyib o‘yin va ajoyib g‘olib O‘zbekiston! Indoneziyadan tabriklayman!
Perthkraiwit:
O‘zbekiston Saudiyani yenggadi. (Tailand va O‘zbekiston bayroqlari o‘rtasida yurak belgisini qo‘ygan holda) Juda ko‘p tailandliklar O‘zbekistonni stadionda olqishlashadi!
Adi Chandra:
(Indoneziya va O‘zbekiston bayroqlarining orasiga sevgi so‘zini yozib qoldirdi).
Maloxat Madyorova:
O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlayotganlarning barchasiga rahmat! Tailand, Vetnam va boshqalar. Inshaallah Saudiya Arabistonini mag‘lub etamiz!
Delirious Dunderhead:
Eldor Shomurodovni sevaman! Vetnamdanman! Iltimos Saudiya Arabistonini mag‘lub eting!
ArsGaming:
Ha, Rahmat! Iroqdan tabriklayman! Iltimos Saudiyani 50:0 hisobida mag‘lub eting!
Ivy Grace:
"Va-uv" O‘zbekiston juda kuchli jamoa va juda yaxshi o‘ynadi. Menga uchinchi va beshinchi gollar juda yoqdi. Bravo va tabriklar!
Van Babies:
"Oh my god!" O‘zbekistonni tabriklayman! Siz juda kuchlisiz! O‘zbekiston shunchaki super professional!
Koki Koo:
Taxminimcha Saudiya va O‘zbekiston uchrashuvida 0:6 hisobi bo‘ladi. Saudiya sizda pul bor, lekin mahorat, qobiliyat yo‘q yog‘onchi mamlakat!
Yongdae Song:
Men O‘zbekiston futbol jamoasining jangovor va halol o‘yinini yaxshi ko‘raman.
Sudo T:
Nega O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqa olmaydi? Yosh jamoa doim yaxshi bo‘lib kelgan.
Dead last:
O‘zbekiston Saudiyaga yutqazadi. Chunki, saudiyaliklar o‘zbekistonliklarga qaraganda, ko‘proq pul topishgan va allaqachon hakamlarni sotib olib bo‘lishgan.
NewYorkNYKer:
Janubiy Koreya va O‘zbekiston finalda uchrashishadi !!! Yaqinda ular juda ko‘p o‘yin o‘tkazishdi, bu so‘nggi manzil bo‘ladi!
Hien Pham:
O‘zbekiston juda yaxshi o‘ynadi. Yaxshiboyev (olov belgisi).
Fahmi mzf:
O‘zbekistonni tabriklayman! Malayziyadan.
Mustafa Albatra:
Qani kel Saudiya Arabistoni!
เติมทรัพย์ สาเครือ:
O‘zbekiston hiyla bilan shug‘ullanmaydigan halol terma jamoa!
Sk Omnoi:
Janubiy Koreya - Avstraliya
O‘zbekiston - Penaltilar qiroli
Boripat Wannasri:
Menga O‘zbekiston qizlar yoqadi.
O‘zbekistonga nisbatan yana yuzlab juda iliq fikrlar bildirilgan. Mezbon mamlakat, Vetnam va yana bir qator yurtlarda O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilishayotganini guvohi bo‘ldik. Ayniqsa, o‘yin uslubi, sifati va umuman halol o‘yin ko‘rsatish borasida ham bir qator quloqqa yoqadigan izohlarni kuzatdik!
Botirali Mahkamov
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi