
BAAda yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Paxtakor» klubi yaqinda shveysariyalik tajribali hujumchi Eren Derdiyokni qo‘lga kiritgan holda tarkibini yanada kuchaytirishga erishganidan xabaringiz bor.
Tabiiyki, uning «Paxtakor»ga o‘tishida klub bosh murabbiyi Shota Arveladze bosh-qosh bo‘lgani aniq. Nihoyat, u maqsadiga erishib, sobiq shogirdini qo‘lga kirita oldi. Murabbiy esa o‘zining instagramdagi sahifasida Derdiyok haqida shunday yozdi:
- Biz Eren Derdiyokni qo‘lga kiritganimizdan juda baxtlimiz va xursandmiz. U juda yaxshi o‘yinchi. Maydonda qoyilmaqom o‘ynay oladi. Eren jamoamiz uchun nihoyatda muhim futbolchiga aylana oladi. Fikrim shundayki, Derdiyokning «Paxtakor»ga o‘tgani Superliga uchun ham juda foydali bo‘ladi. Ko‘rasiz, uning kelishi «Paxtakor»ga ham, chempionatga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar