OCHL 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan "Bunyodkor" hamda "Al Zavra" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan (4:1) so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Hammalani tabriklayman! Shunday noqulay ob-havoda bizga yordam bergan barchaga rahmat deyman! Uchrashuv qiyin kechdi. Kecha raqib bosh murabbiyining aytgan gaplari noto‘g‘ri ekanligini aytgandim. Biz bugun jiddiy raqibga qarshi maydonga chiqdik. Guruh bosqichi uchun bir qadam tashladik.
Nurmuradovning jarohati haqida ertaga aniq fikr bildira olamiz.Yangi o‘yinchilarning harakatlaridan qoniqdim. Chunki bu birinchi uchrashuv. Yanvar oyida, bunday iqlimda to‘p surish oson emas. O‘ylashimcha, yangi futbolchilar bugun borligini ko‘rsata olishdi. G‘ulom-Haydar G‘ulomov qaysi chiziqda foyda keltirsa, o‘sha chiziqda undan foydalanamiz.
An’anani davom ettirishni, guruh bosqichiga chiqishga umid qilamiz. "Al Ayn" boshqa raqib, boshqa maydon. O‘ylaymanki, an’anani saqlab qolamiz", - dedi Abramov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi