18:27 / 22.01.2020
2 900

Saad Ali Al Shehri: “Biz ekstra-taymga tayyorlanayotgan edik”

Saad Ali Al Shehri: “Biz ekstra-taymga tayyorlanayotgan edik”
Lyubinko Drulovichdan so‘ng saudiyaliklar murabbiyi Saad Ali Al Shehri matbuot-anjumanida uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirdi.
“Hozir hayajondan biror gap kelmayapti. 24 yildan beri Olimpiada yo‘llanmasini kutayotgan edik. Bu bilan butun jamoamni tabriklayman. Saudiya Arabistoni futbolda Osiyodagi eng kuchli jamoa bo‘lib qaytmoqda”, – dedi Saad Ali Al Shehri.

– Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olinganining o‘zi jamoani qoniqtiradimi?
– Bu biz uchun birinchi qadam edi. Endi final uchun tayyorlanamiz. Uzoq yildan beri finalda o‘ynamadik. Shunday ekan, bor e’tiborimizni endi g‘alaba qozonishga qaratamiz.

– Agar uchrashuv so‘ngida gol ura olmaganingizda ham shunday o‘ynashda davom etarmidingiz?
– O‘zbekiston musobaqaning amaldagi g‘olibi. Bu jamoada juda ko‘p mahoratli o‘yinchilar yig‘ilgan. Biz ekstra-taymga ham sekin tayyorlanayotgan edik. Omad yakunda biz tomonda bo‘ldi. O‘zbekistonga keyingi uchrashuvda omad tilayman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saad Ali Al Shehri: “Biz ekstra-taymga tayyorlanayotgan edik”