date

Son Xeung Min: «Cha Du Ri va Kim Jin Su tayyorlagan «ovqat»ga «qoshiq»ni botirdim, xolos»

Son Xeung Min: «Cha Du Ri va Kim Jin Su tayyorlagan «ovqat»ga «qoshiq»ni botirdim, xolos»

Bugun terma jamoamiz darvozasiga 2ta to‘p kiritgan Son Xeung Min o‘yindan keyin xursandchiligini yashira olmadi. Koreys OAVlariga o‘yin haqidagi fikrlarini bildirarkan:

«Bugun Cha Du Ri ajoyib o‘yin o‘tkazdi. U bemalol suyanadigan tog‘am. U terma jamoadagi faoliyatini yakunlash niyatini bildirganida jamoadoshlarimiz bilan unga ajoyib sovg‘a hadya etishni o‘ylagandik. Bu sovg‘a Osiyo Kubogi bo‘ladi. Shu sovg‘aga yaqinlashganimizdan mamnunman», - deya so‘z boshladi. «Bugun qo‘shimcha bo‘lim belgilangach, men hujumchi sifatida harakatlana boshladim. Shunda Cha Du Ri menga hadeb quruqdan-quruq yuguravermasdan kuchni saqlashni va vaziyat kelishini kutishni aytdi. Bugun 2ta gol kiritgan bo‘lsam-da, rosti, ikkala golni ham jamoadoshlarim yaratishdi. Men o‘zimni tayyor ovqatga qoshiqni tiqqandek his qilyapman. Birinchi golda Kim Jin Su yonimda hech kim yo‘qligini ko‘rib, to‘g‘rilab berdi. Ikkichi golda Cha Du Ri menga zargarona to‘p uzatdi. Bunday vaziyatda gol urolmaslik mumkin emasdi. Biz ruhiy bosim ostida edik. Buni atrofdagi odamlar yaratishdi. Men shunday holatda ham qo‘limdan kelgancha jamoamga foydam tekkanidan xursandman», - dedi Germaniyaning «Bayer» klubi a’zosi bo‘lgan Son Xeung Min.

Otabek Yo‘ldoshev
Janubiy Koreya, Seul

Manba: www.stadion.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Son Xeung Min: «Cha Du Ri va Kim Jin Su tayyorlagan «ovqat»ga «qoshiq»ni botirdim, xolos»