20:30 / 25.01.2020
2 592

Grem Arnold: «Mag‘lubiyatdan so‘ng bizda bitta yo‘l bor edi — olimpiadaga chiqish»

Grem Arnold: «Mag‘lubiyatdan so‘ng bizda bitta yo‘l bor edi — olimpiadaga chiqish»
Osiyo chempionati-U23 3-o‘rin uchun o‘yinidan so‘ng Avstraliya hamda O‘zbekiston jamoalari bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda qatnashgan Avstraliya bosh murabbiyi Grem Arnold o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Yarim finalda Osiyoning eng kuchli jamoasiga mag‘lub bo‘ldik. Janubiy Koreya safidagi 11-raqamli futbolchi qit’ada eng yaxshilardan bo‘ladi deb o‘ylayman. Mag‘lubiyatdan keyin bizda bitta yo‘l bor edi — olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Buni uddalaganimizdan xursandman.

O‘zbekiston yaxshi jamoa ekanini ko‘rsatdi. Biz bugun ikkinchi bo‘limda raqibdan yaxshiroq harakat qildik va g‘alaba qozondik. Hozirgi jamoada 6-7 nafar Avstraliya milliy jamoasining kelajagi bo‘lgan yigitlar o‘ynadi. Ular olimpiadaga chiqishlari kerak edi»,— deb murabbiy.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Grem Arnold: «Mag‘lubiyatdan so‘ng bizda bitta yo‘l bor edi — olimpiadaga chiqish»