Xabaringiz bor, 28 yanvar kuni «Bunyodkor» Osiyo Chempionlar ligasining uchinchi saralash bosqichi doirasida safarda BAAning «Al Ayn» jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Bugun erta tongda Toshkent xalqaro aeroportidan Dubay tomon uchgan «qaldirg‘ochlar» u yerdan Al Ayn shahriga yo‘l olishadi. Jamoa Al Ayn shahridagi besh yulduzli «Ayla Grand» mehmonxonasiga joylashadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Safarga yo‘l olgan futbolchilar ro‘yxati:
Abdumavlon Abduljalilov, Sardor Abduraimov, Dilshodbek Ahmadaliyev, Davronjon Ergashev, Anvar G‘ofurov, G‘ulom-Haydar G‘ulomov, Farrux Ikromov, Suhrob Izzatov, Jasurbek Jaloliddinov, Sarvar Karimov, Murod Xolmuhammedov, Humoyun Murtazoyev, Bahodir Pardayev, Lutfulla To‘rayev, Hasan Yo‘ldoshev, Rasul Yo‘ldoshev, Boburbek Farhodov, Vladislav Nuriyev, Suhrobjon Yarashev.
Eslatib o‘tamiz, «Al Ayn» - «Bunyodkor» uchrashuvi 28 yanvar kuni Al Ayn shahridagi «Hazza Bin Zayed» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 19:40da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas