
BAA yig‘inini "Paxtakor" J.Koreya klubi ustidan g‘alaba bilan yakunladi.
Koreya yuqori ligasi ishtirokchisi va joriy mavsum Chempionlar ligasida qatnashadigan jamoa bilan bellashuv qiziqarli kechdi. 12-daqiqada Masharipov oshirgan to‘pni Cheran darvozaning yuqori qismiga aniq yo‘lladi va hisobni ochdi. Keyinchalik ham to‘pni nazorat qilish evaziga bir necha imkoniyatlarga ega bo‘lgan "sherlar" ulardan foydalana olmadi. Bahsda hisob o‘zgarmadi. Shu tariqa "Paxtakor" yig‘inni g‘alaba bilan yakunladi.
30 yanvar kuni Toshkentga qaytib keladigan "Paxtakor" Chempionlar ligasining 1-turida "Shabab Al Ahli"ga qarshi kechadigan uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirishadi.
"PAXTAKOR" - "SUVON SAMSUNG" - 1:0
Gol: Cheran 12.
"Paxtakor": Suyunov, Salimov, Eshmurodov (A’zamov, 58), Krimes (Ismoilov, 68), Sayfiyev, Hamrobekov, Iminov, Hamdamov (Sobirjonov, 85), Cheran, Masharipov, Sergeyev (Derdiyok, 58).
Manba: "Paxtakor" matbuot xizmati “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar